51-savol
A, B, E, T, SH harflari yozilgan 5 ta bir xil qog‘ozchalardan ketma-ket uchtasi tanlab olindi va olinish tartibida bir qatorga joylashtirildi. Natijada «BESH» so‘zi hosil bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
#1/60
52-savol
Qutida 7 ta qora va 3 ta oq shar bor. Tasodifiy ravishda olingan ikkita sharning qora bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
#7/15
53-savol
Qutida 7 ta qora va 3 ta oq shar bor. Tasodifiy ravishda olingan ikkita sharning oq bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
1/15
54-savol
Yosh bola A, A, D, D harflari yozilgan 4 ta bir xil kartonchalarni o‘ynab o‘tiribdi. U harflarni bir qatorga tasodifiy ravishda terganida «DADA» so‘zi hosil bo‘lish ehtimolini toping.
#1/6
55-savol
Telelon raqamlarini terayotgan kishi oxirgi ikki raqamni unutib qo‘ydi va ularning turlicha va toq ekanligini eslab qolgan holda, tasodifiy ravishda ikki raqamni terdi. Terilgan telefon raqamini to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
#0.05
56-savol
Telelon raqamlarini terayotgan kishi oxirgi ikki raqamni unutib qo‘ydi va ularning bir xil va toq ekanligini eslab qolgan holda, tasodifiy ravishda ikki raqamni terdi. Terilgan telefon raqamini to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
#0.2
57-savol
Bo‘rondan so‘ng 40 chi va 70 chi kilometrlar orasida telefon simi uzilgan. Uzilish 50 chi va 55 chi kilometrlar orasida sodir bo‘lganligining ehtimolini toping.
#1/6
58-savol
Bo‘rondan so‘ng 35 chi va 75 chi kilometrlar orasida telefon simi uzilgan. Uzilish 50 chi va 60 chi kilometrlar orasida sodir bo‘lganligining ehtimolini toping.
#0.25
59-savol
Radiusi 10 ga teng doira ichiga tomoni 7 ga teng kvadrat chizilgan. Doiraga tashlangan nuqta kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping.
# 49/314
60-savol
Radiusi 8 ga teng doira ichiga tomoni 8 ga teng kvadrat chizilgan. Doiraga tashlangan nuqta kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping.
#1/π
61-savol
R radiusli katta doira ichiga r radiusli kichik doira joylashtirilgan. Katta doira ichiga tasodifan tashlangan nuqta kichik doiraga ham tushish ehtimolini toping.
#(r/R)2
62-savol
R radiusli katta doira ichiga tomoni a ga teng kvadrat joylashtirilgan. Katta doira ichiga tasodifan tashlangan nuqta kichik doiraga ham tushish ehtimolini toping.
# (a^2/(πR^2 ))2
63-savol
Ikki A va B shaxs kunduzgi soat 10:00 va 11:00 orasida ma’lum bir joyda uchrashishga kelishdilar. Birinchi bo‘lib kelgani ikkinchisini 10 daqiqa davomida kutadi va agar u kelmasa, ketadi. Agar bu ikki shaxsning kelish vaqtlari tasodifiy bo‘lsa, u holda ularning uchrashish ehtimolini toping.
#11/36
64-savol
Ikki A va B shaxs kunduzgi soat 10:00 va 11:00 orasida ma’lum bir joyda uchrashishga kelishdilar. Birinchi bo‘lib kelgani ikkinchisini 15 daqiqa davomida kutadi va agar u kelmasa, ketadi. Agar bu ikki shaxsning kelish vaqtlari tasodifiy bo‘lsa, u holda ularning uchrashish ehtimolini toping.
#7/16
65-savol
Ikki A va B shaxs kunduzgi soat 10:00 va 11:00 orasida ma’lum bir joyda uchrashishga kelishdilar. Birinchi bo‘lib kelgani ikkinchisini 30 daqiqa davomida kutadi va agar u kelmasa, ketadi. Agar bu ikki shaxsning kelish vaqtlari tasodifiy bo‘lsa, u holda ularning uchrashish ehtimolini toping.
#0.75
66-savol
Tomonlari 8 va 12 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga tomonlari 3 va 7 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizilgan. Katta to‘rtburchakka tashlanga nuqta kichik to‘rtburchakka tushish ehtimolini toping.
#7/32
67-savol
Tomonlari 10 va 14 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga tomonlari 8 va 12 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizilgan. Katta to‘rtburchakka tashlanga nuqta kichik to‘rtburchakka tushish ehtimolini toping.
#24/35
68-savol
Xonaning o‘lchamlari 6x10x3 metrga teng. Xona ichida 40x120x200 cm o‘lchamli shkaf bor. Tashqaridan xonaga tasodifiy otilgan o‘qning shkafga tegish ehtimolini toping.
#2/375
69-savol
Zalning o‘lchamlari 16x12x4 metrga teng. Zal ichida 1x1,2x2,5 cm o‘lchamli shkaf bor. Tashqaridan zalga tasodifiy otilgan o‘qning shkafga tegish ehtimolini toping.
#1/256
70-savol
Qutida 5 ta oq, 2 ta qora 3 ta qizil shar bor. Tasodifiy ravishda olinga 3 ta sharning turli rangda bo‘lish ehtimiloni toping.
#0,25